Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xorijiy fuqarolarni o‘qishga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iz Respublikasidagi Elchixonasi xorijiy fuqarolar uchun **Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)**ga hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qiladi.
Xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish hamda xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida universitet hujjatlarni onlayn tarzda qabul qilish uchun maxsus elektron platformani ishga tushirgan.
🔹 Hujjatlarni onlayn topshirish:
https://enrollapp.uwed.uz/
Qabul shartlari, ta’lim yo‘nalishlari, o‘qish imkoniyatlari hamda xorijiy abituriyentlar uchun batafsil ma’lumotlar universitetning rasmiy veb-saytida mavjud:
🔹 Xorijiy abituriyentlar uchun ma’lumot:
https://www.uwed.uz/pages/foreign-students-26
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, diplomatiya va xalqaro huquq sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir.
Qiziqish bildirgan abituriyentlarni qabul shartlari bilan tanishishga hamda O‘zbekistonda sifatli ta’lim olish imkoniyatidan foydalanishga taklif etamiz.