Elchixona Bishkekda o'zbekistonlik talaba yoshlar o'rtasida mini-futbol bo'yicha musobaqa o'tkazdi
Xususan, musobaqada I. Oxunboyev nomidagi Qirg'iziston davlat tibbiyot akademiyasi, I. Arabayev nomidagi Bishkek davlat universiteti, Qirg'iziston-Turkiya Manas universiteti, M. Ryskulbekov nomidagi Qirg'iziston iqtisodiyot universiteti, J. Balasagin nomidagi Qirg'iziston milliy universiteti talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir talabalarga bir-birlari bilan yaqindan tanishish, muloqot almashish, sport do'stligini mustahkamlash imkonini berdi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra yoshlar o'rtasida Qirg'iziston milliy universiteti futbol jamoalari birinchi va ikkinchi o'rinlarni, uchinchi o'rinni Qirg'iziston iqtisodiyot universiteti talabalari egalladi.
Turnir doirasida O'zbekiston elchixonasining konsuli turnir g'oliblari va ishtirokchilarini tabrikladi va ularga yangi O'zbekiston Vatanga xizmat qilish uchun tanlangan mutaxassislikni o'zlashtirishda chuqur bilim olishda muvaffaqiyatlar tiladi.