Prezident yo‘l inshootlarini ko‘zdan kechirdi
Davlatimiz rahbari Toshkent aylanma yo‘li bo‘yida “boks strit” qurish loyihasi bilan tanishdi.
Yo‘l bo‘yida tashkil etiladigan bunday majmualar dunyo tajribasida bor. Unda kechayu kunduz ishlaydigan savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat shoxobchalari bo‘ladi. Ularni arzon va tez qurish maqsadida yuk konteynerlaridan foydalanilmoqda.
Buning uchun 7 gektar yer ajratilishi rejalashtirilgan. Ob’ektlar tadbirkorlarga elektron-onlayn auksion orqali sotiladi. Ularda 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.
Prezident Toshkent shahrida harakatlanayotgan elektrobusni ham ko‘zdan kechirdi. «Yashil» transport tizimini rivojlantirish, metropolitenning keyingi bosqichlari va tramvay yo‘nalishini belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.