O'R Konstitusiyasiga bag'ishlangan "davra suhbati"
Joriy yil 4 dekabr kuni elchixona binosida qirg'iz Respublikasining Bishkek shahridagi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan o'zbek talabalari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va Davlat madhiyasi kunlariga bag'ishlangan "davra suhbati" o'tkazildi.
Tadbirda elchi X.Mirzoxidov O'zbekiston Konstitusiyasining 29-yilligi munosabati bilan nutq so'zlab, unda o'zbek talaba yoshlariga bosh Qomus yaratilishi tarixi, uning asosiy bo'lim va yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumot etkazildi.
Xususan, asosiy qonunning davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o'zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilanganligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, 2021 yil O'R Konstitusiyasiga kiritilgan qator qo'shimcha va o'zgartirishlar to'g'risida o'zbekistonlik talabalarga axborot berildi.
Uchrashuv jarayonida joriy yil 24 oktyabrda elchixona binosida tashkil etilgan prezident saylovlari jarayonlarida faol ishtirok etgan 8ta talabaga elchixonaning Tashakkurnoma xatlari taqdim qilindi. O'qish faoliyatida talabalar safida keng tarqatish uchun 114 ta kitob, jurnal va broshyuralar ham tarqatildi.