Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan bugun O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Mustaqillik maydonida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lum qilishicha, oliy darajali mehmonga O‘zbekiston Prezidenti hamrohlik qildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari ertaga, 5 oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.