-
O‘zbekiston Prezidenti raisligida o‘tgan yig‘ilishda aholi va qurilish tashkilotlariga yangi imkoniyatlar berish masalalari muhokama qilindi
2021-12-03 966Davlatimiz rahbarining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, turar joy olish tartibi osonlashtirilgan edi. Jumladan, aholiga o‘zlari istagan uyni sotib olish imkoniyati yaratildi. Natijada, sohaga sifat va raqobat kirib keldi, hududlarda zamonaviy arxitektura yechimlariga ega loyihalar paydo bo‘ldi. Bugungi kunda ipoteka dasturlari doirasida yiliga 35 ming xonadonli uy-joylar qurilmoqda.
-
O‘zbekiston TIV rahbari YEXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 28-yig‘ilishida ishtirok etdi
2021-12-03 1150O‘zbekiston bilan YEXHT o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda ijobiy surʼatlarda rivojlanayotgani, jumladan, xavfsizlik va barqaror rivojlanish sohalarida texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi. O‘zbekiston tomoni hamkorlikni davom ettirishga hamda barcha sohalar bo‘yicha dolzarb dasturlar sonini mutanosib ravishda oshirishga tayyor ekani taʼkidlandi.
-
O'zbekistonning iqlim siyosati: iqlim o'zgarishining oldini olish va iqtisodiyotning eng zaif tarmoqlariga moslashish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
2021-12-03 957O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ekologik falokatlarga eng ko'p ta'sir ko'rsatadigan mamlakatlar qatoriga kiradi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, bugungi kunda har bir mamlakat iqlim o'zgarishi oqibatlaridan halokatli ta'sirlarni sezmoqda va bu salbiy oqibatlar Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishiga bevosita tahdid solmoqda. -
Ayrim xorij davlatlaridan O‘zbekiston hududiga kirib kelgan yo‘lovchilar majburiy karantinga olinadi
2021-12-02 950Xususan, 2021 yil 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar JAR, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatiladi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 15-sammitidagi nutqi
2021-11-29 1349Qabul qilingan “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti istiqbollari – 2025” dasturi asosida mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini yanada kengaytirish va eng muhimi, amaliy natijadorlikka erishish maqsadga muvofiqdir.
-
O‘zbekiston Prezidenti Yevrokomissiya vitse-prezidentini qabul qildi
2021-11-26 1435Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida YEIning yuqori darajadagi vakili davlatimiz rahbariga Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
-
«InnoWeek.Uz-2021»: Beshinchi Turkiy dunyo bolalar festivali ko‘rgazmasi ochildi
2021-11-25 1036Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bolalar festivalida 15 ta davlatdan kelgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘z ixtirolarini namoyish etadi. Ushbu ko‘rgazmada turkiy tilli davlatlar bolalari 40 dan ortiq loyiha bilan, xususan, O‘zbekistondan 15 nafardan ortiq bola o‘z loyihalari bilan qatnashmoqda
-
O‘zbekistonning turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha taklif va tashabbuslari hayotga izchil tadbiq etilmoqda
2021-11-10 965Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining maʼlumotiga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan Kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Tashkilot faoliyatini yana-da takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
-
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz
2021-11-07 1205Saylovda faol ishtirok etgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod – Maqsuda Vorisovaga, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan – Alisher Qodirovga, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan – Narzullo Oblomurodovga, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – Bahrom Abduhalimovga alohida minnatdorlik bildiraman. Ularga kelgusi ishlarida omadlar tilayman.
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi
2021-11-06 1336Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ochdi. U 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi demokratik tamoyillar asosida, faol siyosiy raqobat muhitida o‘tganini ta’kidladi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,12 foiz ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini qayd etdi.