-
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari ikki mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan bir-birini qutladilar
2021-08-30 733Suhbat avvalida davlat rahbarlari ikki mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan bir-birini dildan qutlab, birodar O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
-
Bishkekda O'zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan brifing bo'lib o'tdi
2021-08-30 1812Elchi Xurshid Mirzaxidov o'z nutqida respublika mamlakat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan, jumladan, Markaziy Osiyoda yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini o'rnatish, mintaqa davlatlari bilan barcha masalalar bo'yicha amaliy muloqot qilish borasida o'zining 30 yillik mustaqilligini mashhur 15 ta muhim islohotlar bilan nishonlashga tayyorgarlik ko'rayotganini ta'kidladi.
-
O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston qahramonlari mehnatini eʼtirof etdi
2021-08-29 753Davlatimiz rahbari «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan to‘rt nafar yurtdoshimiz mehnatlarini eʼtirof etdi.
-
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
2021-08-28 742Tadbirda Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhlarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari majlis kun tartibidagi birinchi masala – Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhlarini tuzish masalasini ko‘rib chiqdi.
-
O‘zbekiston Prezidentining «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro anjumanidagi nutqining matni qirg‘iz tilida chop etildi
2021-08-27 690Elchixona maʼlumotiga ko‘ra, Toshkent yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasi yakunlari va O‘zbekiston Prezidentining nutqi Qirg‘iziston ijtimoiy-siyosiy, diplomatik, moliyaviy, iqtisodiy, jamoat doiralari va ommaviy axborot vositalari tomonidan chuqur tahlil etilmoqda.
O‘zbekiston elchisi Xurshid Mirzohidov tomonidan 19 avgust kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasida o‘tkazilgan brifingda tadbir ishtirokchilari mamlakatimiz Markaziy Osiyoda eng sertarmoq iqtisodiyotga, yirik intellektual va mehnat resurslariga ega davlat sifatida alohida o‘ringa ega ekanini taʼkidladi.
-
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
2021-08-24 727Unga ko‘ra, ushbu esdalik nishoni bilan mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlat iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni taʼminlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan fuqarolar mukofotlanadi.
-
O‘zbekiston Prezidenti KXSHTning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etdi
2021-08-23 940Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan yig‘ilishda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas qatnashdi.
-
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhim vazifamizdir
2021-08-21 954Bu haqda so‘z yuritganda, mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlash lozim. Hozirgi kunda ushbu tarmoqda 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilayotgani uning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni ham ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shu boisdan ham agar biz iqtisodiyotimizni, ijtimoiy sohani yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarur.
-
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 trillion 600 milliard so‘m ajratiladi
2021-04-28 738Davlatimiz rahbari Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bugungi kunda mamlakatimizda 23 ta erkin iqtisodiy va 348 ta kichik sanoat zonasi faoliyat yuritmoqda. Erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilib, 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Kichik sanoat zonalarida esa 5 trillion so‘mlik 1 ming 497 ta loyiha ishga tushirilib, 36 mingdan ziyod kishining bandligi taʼminlangan.
-
Taʼlim va fan sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2021-04-27 707Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida madaniy, maʼrifiy va taʼlim sohasida erishilayotgan yutuqlar ko‘lami so‘nggi yillarda kengayib borayotgani taʼkidlandi. Jumladan, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning joriy yil mart oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida taʼlim sohasida shartnomalar imzolanganiga eʼtibor qaratildi. Nurlan Omurov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyov tashabbusi bilan qirg‘iz fuqarolariga respublika oliy taʼlim muassasalarida o‘qish uchun 100 ta grant ajratilganini minnatdorlik bilan eʼtirof etdi.