-
ШҲТ ёшлар лойиҳаларини амалга оширишга катта эътибор қаратмоқда
2022-04-22 743ШҲТ котибиятида ўтказилган ушбу учрашувда, шунингдек, Ташкилотга аъзо давлатларнинг дипломатия миссиялари вакиллари ҳам иштирок этдилар.
Бош котиб ўз нутқида ШҲТ маконида турли-туман ёшлар лойиҳаларини амалга ошириш ва ёшлар билан ишлаш ташкилот олдида турган таҳдидлар таъсирига қарамай, унинг фаолиятидаги муҳим қисм эканлигини таъкидлади.
-
Kasbida yana bir mahalla obod bo‘ldi
2022-04-22 738Prezident Shavkat Mirziyoyev Kasbi tumanidagi "Qamashi" mahallasida bo‘ldi.
Bu yerda 6 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularga qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish maqsadida hududda “Obod qishloq” dasturi amalga oshirildi.
Mahallaga olib keluvchi yo‘l bo‘yida 40 dan ortiq yengil konstruksiyali savdo va xizmat shoxobchalari qurildi. Bu orqali 200 nafarga yaqin aholi ishli bo‘ldi.
Xonadonlar elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 8 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarga asfalt, 18 kilometrdan ziyod qismiga qum-shag‘al yotqizildi.
-
Prezident yoshlarning kasbga intilishini qo‘llab-quvvatladi
2022-04-22 742Davlatimiz rahbari Koson tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib ko‘rdi.
Bu yerda texnika va xizmat ko‘rsatish sohalarida 20 ga yaqin kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv va mashg‘ulot xonalari tegishli uskuna, kompyuter, mulyaj va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan.
Eng muhimi, o‘qish, o‘rganish yoshi chegaralanmagan. Bu yerda barcha istovchilar, vaqtincha ishsiz kishilar ham kelishi mumkin. Bunday imoniyatdan foydalanib, aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan elektrik, santexnik, payvandchi, oshpaz, qandolatchi, sartarosh va tikuvchi kabi kasblarni o‘rganmoqda.
-
Prezident: Bu savob ishning ajr-u mukofoti juda ulkan
2022-04-22 756Davlatimiz rahbari oilaviy bolalar uyi tashkil etgan ota-onalar bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev rahbar sifatida qat’iyatli va talabchan bo‘lsa, shaxs sifatida mehribon va e’tiborli inson. Buni uning keksalarga, bolalarga, ehtiyojmand odamlarga munosabatidan bilsa bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Jizzax viloyati hokimi bo‘lganida Mehribonlik va Muruvvat uylarini tartibga keltirgani, Samarqandda ko‘zi ojiz bolalar internatiga borganini odamlar haligacha eslaydi.
-
Умуминсоний қадриятлар акс этган янги ҳаёт нафаси «Бойсун баҳори» элларни, дилларни ўзаро боғлайди
2022-04-21 851Вазирлар Маҳкамасининг жорий йил 7 февралдаги қарорига мувофиқ, 7-8 май кунлари Бойсун туманида халқимизнинг кўп асрлик қадриятларини тараннум этувчи «Бойсун баҳори» халқаро фольклор фестивали бўлиб ўтади. Ҳозир ЮНЕСКО, Маданият вазирлиги, Туризм ва маданий мерос вазирлиги ҳамда Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ҳамкорлигида ўтказиладиган ушбу халқаро санъат анжуманига ҳар жиҳатдан пухта ҳозирлик кўрилмоқда.
-
O‘zbekistonda oltinchi xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi
2022-04-21 795Qayd etish joizki, O‘zbekiston xalqaro jaz bayramida 2015 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Bu galgi festival doirasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘zbekistonlik va xorijlik jaz ijrochilarining 20 ga yaqin konserti bo‘lib o‘tadi va ular asosiy makonga aylangani holda jazning 85 yilligini nishonlaydi. Shuningdek, Xiva shahrining Ichon qalʼasida ochiq havoda, Urganch shahridagi Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida, Buxoro shahridagi musiqali drama teatri va Ilxom teatrida konsertlar namoyish etiladi.
-
Toshkentda ShHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlari rahbarlarining giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha 12-majlisi yakunlandi
2022-04-21 752«Bugungi kunda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish mavzusi mintaqada paydo bo‘layotgan giyohvandlik holati va SHHTga aʼzo davlatlar xavfsizligiga aniq-ravshan tahdid fonida tobora dolzarb tus olmoqda. 2021 yil O‘zbekistonda giyohvand moddalar bilan bog‘liq vaziyat afg‘on afyunlari noqonuniy savdosining kengayishi, xususan, sintetik giyohvandlik vositalarining intensiv tarqalishi bilan tavsiflandi. Asosiy muammolar orasida kuchli giyohvand moddalarni suisteʼmol qilishni kuchaytirish tendensiyasi ham mavjud», dedi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Olim Narzullayev o‘z nutqida.
-
56-xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
2022-04-20 818Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1948 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. U har yili 30 ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladi.
Maʼlumot uchun, 55-xalqaro Mendeleyev olimpiadasi pandemiya sabab onlayn shaklda o‘tkazilgan edi. Unda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 1ta oltin, 4ta kumush va 2ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
-
ТЕРРОРИЗМГА ҚАРШИ КУРАШДА ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ
2022-02-25 7772022 йил 3-4 март кунлари Тошкент шаҳрида “БМТнинг Глобал аксилтеррор стратегиясини амалга ошириш бўйича Биргаликдаги ҳаракатлар режаси доирасида Марказий Осиё мамлакатларининг минтақавий ҳамкорлиги” мавзуида ўтказиладиган халқаро конференция ғоят муҳим ва долзарб аҳамиятга эга. Ушбу глобал анжуман минтақа мамлакатлари ва жаҳон ҳамжамияти саъй-ҳаракатларини терроризмга қарши ҳамжиҳатлик билан курашишда бирлаштириш ҳамда фаоллаштириш учун даъват этишга қаратилган.
-
Тошкент яна бир нуфузли халқаро анжуманни қабул қилади
2022-02-24 754Хорижий шериклар томонидан кенг кўламда қўллаб-қувватланаётган ушбу муҳим воқеа Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан БМТ Бош Ассамблеясининг 75-сессиясида илгари сурилган ташаббуснинг амалий ифодасига айланади ва Марказий Осиёда БМТ Глобал аксилтеррор стратегиясини амалга оширишда минтақа давлатлари ва жаҳон ҳамжамияти саъй-ҳаракатларини бирлаштиришга салмоқли ҳисса қўшади.