-
Тошкентда Ҳайдар Алиев номидаги янгиланган кўча очилди
2022-06-21 725Озарбайжон Президентининг давлат ташрифи Ҳайдар Алиев номидаги янгиланган кўча ва унинг ёдгорлиги очилишидан бошланди.
Шу муносабат билан ўтказилган тантанали тадбирда Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев иштирок этди.
-
Buxoroning 7 piri
2022-05-26 817Buxoro – Naqshbandiya tariqati yettita buyuk so‘fiylarining vatanidir. Tasavvufning buyuk vakillari bu yerda yashab, diniy va ijtimoiy faoliyat olib borib, muborak Buxoroning vujudga kelishi va gullab-yashnashi, maʼnaviy tarbiya va hissiy ruhni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bu yerda muqaddas so‘fiylarning dafn etilgan joylari – pirlar, islomiy ziyoratgohlar saqlanib qolgan.
-
Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur ijrosi ko‘rib chiqildi
2022-05-26 790O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va ularni yangi metodikaga o‘rgatish haqida so‘z borar ekan, Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti faoliyatini kengaytirib, uni hududlardagi pedagogika o‘quv yurtlari bilan uzviy bog‘lash zarurligi ta’kidlandi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab kimyo, biologiya, fizika va matematika o‘qituvchilari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
-
27 май куни Тошкент шаҳрида ШҲТга аъзо давлатлар атроф-муҳит вазирларининг учрашуви бўлиб ўтади
2022-05-25 740Бўлажак учрашувда атроф-муҳит мониторинги, биохилма-хиллик, табиий ҳудудларни муҳофаза қилиш, иқлим ўзгаришини юмшатиш, илмий-техник ҳамкорлик, қаттиқ чиқиндиларни бошқариш ва кадрлар салоҳиятини ошириш каби долзарб йўналишларда ҳамкорликни кучайтириш юзасидан ўзаро фикр алмашилади.
-
Жорий йилдан бошлаб Ўзбекистонда ҳар йилнинг куз фаслида “Халқаро зиёрат туризми ҳафталиги” ўтказилади
2022-05-25 772Туризм ва маданий мерос вазирлиги, Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Дин ишлари бўйича қўмитанинг шу ҳақдаги таклифлари асосида Вазирлар Маҳкамасининг қарори эълон қилинди. Унда қайд этилганидек, мазкур халқаро ҳафталикнинг ташкил этилишидан кўзланган мақсад мамлакатимиздаги мавжуд зиёрат туризми салоҳиятидан янада унумли фойдаланиш, Ўзбекистон заминини дунё цивилизациясининг муҳим марказларидан бири сифатида намоён қилиш, жаҳон ҳамжамияти ва халқаро ташкилотларнинг юқори эътирофларига сазовор бўлиш, шунингдек, зиёрат туризми хизматларини диверсификация қилиш ва туризм экспортини юксалтириш билан изоҳланади.
-
Maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga
2022-05-25 752Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz.
Barchangizga ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.
-
Neft-gaz sohasidagi ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi
2022-05-25 748Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni neft-gaz xomashyosini qazib olish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimizning Taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyotni liberallashtirish va sanoatning yetakchi tarmoqlarini transformatsiya qilish bo‘yicha maqsadlar belgilangan. Jumladan, neft-gaz sohasida ham transformatsiya jarayonlari boshlangan.
-
Янгиланиш ва тараққиёт омили КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОҲОТЛАР – САЙЛОВЧИЛАР ХОҲИШ-ИРОДАСИ, ЗАМОН ТАЛАБИ
2022-05-24 849Ўтган ҳафта мамлакатимиз парламенти ҳаётида конституциявий-ҳуқуқий асосларнинг барқарор ривожланиши ва мустаҳкамланиши, янги Ўзбекистонни бунёд этиш ва Учинчи Ренессанс асосларини шакллантиришга қаратилган кенг кўламли ва шиддатли демократик ислоҳотлар учун муҳим ҳодисаларга бой бўлди.
Хусусан, 16 май куни Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг энг йирик фракциялари – ЎзЛиДеП ва “Миллий тикланиш” демократик партиясининг алоҳида, 17 май куни мамлакатимизда конституциявий ислоҳотларни амалга ошириш ва ушбу масалани Олий Мажлис палаталари кенгашлари муҳокамасига киритишга бағишланган қўшма йиғилишлари бўлиб ўтди.
-
Sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
2022-05-23 750Mamlakatimizda sport infratuzilmasi izchil rivojlantirilib, yoshlarning qiziqishlari qo‘llab-quvvatlanmoqda. So‘nggi besh yilda 118 ta yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi va 110 tasi rekonstruksiya qilindi. Barcha mahallalardagi yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha ilk bor “besh bosqichli” musobaqalar boshlandi. Aprel-may oylarida o‘tgan birinchi va ikkinchi bosqichlarda 3 milliondan ziyod yoshlar ishtirok etdi.
Lekin qobiliyatli yigit-qizlarni saralab, professional sportchilarga aylantirishga e’tibor yo‘q. Bunda boshlang‘ich tizim bo‘lgan sport maktablari bilan Olimpiya zaxiralari kollejlari va Oliy sport mahorati maktablari o‘rtasida uzviylik yo‘lga qo‘yilmagan. Misol uchun, 190 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida bor-yo‘g‘i 10 ta olimpiya sport turi o‘rgatiladi. Sport federatsiyalari Olimpiya zaxiralari kollejlari bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygan.
-
Shavkat Mirziyoyev mebelsozlik majmuasini borib ko‘rdi
2022-05-13 993Majmuada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki bozordan tashqari Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘izistonga eksport qilish rejalashtirilgan. Majmua to‘liq ishga tushgach, 3 ming 700 dan ziyod kishining bandligi ta’minlanishi mo‘ljallangan.