-
56-xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
2022-04-20 757Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1948 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. U har yili 30 ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladi.
Maʼlumot uchun, 55-xalqaro Mendeleyev olimpiadasi pandemiya sabab onlayn shaklda o‘tkazilgan edi. Unda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 1ta oltin, 4ta kumush va 2ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
-
ТЕРРОРИЗМГА ҚАРШИ КУРАШДА ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ
2022-02-25 7202022 йил 3-4 март кунлари Тошкент шаҳрида “БМТнинг Глобал аксилтеррор стратегиясини амалга ошириш бўйича Биргаликдаги ҳаракатлар режаси доирасида Марказий Осиё мамлакатларининг минтақавий ҳамкорлиги” мавзуида ўтказиладиган халқаро конференция ғоят муҳим ва долзарб аҳамиятга эга. Ушбу глобал анжуман минтақа мамлакатлари ва жаҳон ҳамжамияти саъй-ҳаракатларини терроризмга қарши ҳамжиҳатлик билан курашишда бирлаштириш ҳамда фаоллаштириш учун даъват этишга қаратилган.
-
Тошкент яна бир нуфузли халқаро анжуманни қабул қилади
2022-02-24 700Хорижий шериклар томонидан кенг кўламда қўллаб-қувватланаётган ушбу муҳим воқеа Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан БМТ Бош Ассамблеясининг 75-сессиясида илгари сурилган ташаббуснинг амалий ифодасига айланади ва Марказий Осиёда БМТ Глобал аксилтеррор стратегиясини амалга оширишда минтақа давлатлари ва жаҳон ҳамжамияти саъй-ҳаракатларини бирлаштиришга салмоқли ҳисса қўшади.
-
Prezident mo‘ynoqliklar bilan muloqot qildi
2022-02-23 712O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni Mo‘ynoq shahriga keldi.
Ma’lumki, bu yer mamlakatimizning olis hududlaridan biri. Eng yaqin shahar – Qo‘ng‘irotgacha 100, Qoraqalpog‘iston markazi – Nukusgacha 200 kilometr masofa bor. Bu kommunikatsiyada qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Shu bois mo‘ynoqliklarning hayoti, sharoitlariga davlatimiz rahbarining e’tibori boshqacha. Bu hududni rivojlantirish bo‘yicha ikkita qaror qabul qilinib, manzilli dasturlar amalga oshirilgan.
-
Prezident yo‘l inshootlarini ko‘zdan kechirdi
2022-02-19 730Davlatimiz rahbari Toshkent aylanma yo‘li bo‘yida “boks strit” qurish loyihasi bilan tanishdi.
Yo‘l bo‘yida tashkil etiladigan bunday majmualar dunyo tajribasida bor. Unda kechayu kunduz ishlaydigan savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat shoxobchalari bo‘ladi. Ularni arzon va tez qurish maqsadida yuk konteynerlaridan foydalanilmoqda.
-
Shavkat Mirziyoyev: Mahalla - davlatning zamini
2022-02-18 956Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi Do‘stlik mahallasi hayoti bilan tanishdi.
Bu yerda 11 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, 4 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Mahalla hududida kasb-hunar kolleji, maktabgacha ta’lim muassasasi, dorixonalar, do‘kon va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
Ilgari bu yer biroz e’tibordan chetda qolgan edi. O‘tgan yili “Obod mahalla” dasturi doirasida hudud obodonlashtirildi. Bolalar o‘yingohi, sport maydonchasi, savdo va kasanachilik do‘konlari barpo etildi.
-
Bojxona tizimini korrupsiyadan xoli qilish – eng ustuvor vazifa
2022-02-17 798Shu bois 2019-yilda bojxona ma’muriyatchiligi isloh qilinib, tartib-taomillar yengillashtirilgan edi. Jumladan, bojxona postlarida soddalashtirilgan yo‘laklar joriy etildi. Bugun yo‘lovchilarning 95 foiz va yuklarning 75 foizi shular orqali o‘tmoqda. Ilgari 12 ta idoradan olingan 60 turdagi ruxsatnomalar “yagona darcha” orqali elektron shaklga o‘tkazildi. Bularning natijasida bojxonada yuklarni rasmiylashtirish vaqti 10 barobargacha qisqardi.
-
Chorvachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi
2022-02-16 696Oxirgi uch yilda chorvachilik bo‘yicha chiqarilgan qarorlarga asosan, 8 turdagi subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yildi. Shu davrda chorvachilikka 15 trillion so‘mdan ziyod kredit ajratilib, 4 ming 500 ga yaqin loyiha amalga oshirildi. Naslchilik xo‘jaliklarining soni 3 baravarga ko‘payib, 1 ming 414 taga yetdi. Natijada, 2019-2021-yillarda chorva mollarining bosh soni 1 million 200 mingtaga ko‘paydi.
Lekin iqlim o‘zgarishlari, suv va yer tanqisligi, pandemiya kabi zamonamizning dolzarb muammolari chorvachilikni ham qiyinlashtirmoqda.
-
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
2022-02-15 756O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlangani o‘zbek davlat boshqaruvi tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Mazkur hujjatda aniq, hayotiy islohotlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgani mamlakatimizda islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un, jadal rivojlantirish, barcha sohani modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek buyuk maqsadlarga xizmat qiladi.
-
Дубай Бутунжаҳон EXPO кўргазмасида Ўзбекистон энергетика соҳасида эришилган муваффақиятлар тақдим этилди
2022-02-14 831Энергетика вазирлиги томонидан тақдим этилган маълумотларда қайд этилишича, Ўзбекистон миллий павильонида мамлакатимиз ёқилғи-энергетика комплексини (ЁЭК) ислоҳ қилишнинг ҳозирги босқичи, хусусан, қайта тикланувчи энергия манбалари лойиҳаларини жадал ривожлантириш борасида олиб борилаётган ишлар тақдим этилди.
Тақдимотда таъкидланганидек, энергетика соҳасини ислоҳ этиш, шунингдек, ишлаб чиқариш қувватларини модернизация қилиш ва оширишдан мақсад Ўзбекистоннинг энергетика хавфсизлигини таъминлашдан иборат бўлиб, бунинг натижасида мамлакатимизнинг ҳозирги ва келажакдаги аҳолисини ҳамда ўсиб бораётгани иқтисодиёт тармоқларини барқарор энергия билан таъминлашга қаратилган.