-
Prezidentlar tashrifning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar
2023-01-27 377O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdilar.
Davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Prezidenti va xalqini har doimgidek samimiy va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
-
Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini keng qamrovli strategik sheriklik ruhida yanada mustahkamlashga xizmat qiladi
2023-01-27 368O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Sadir Japarov ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi – keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiquvchi Deklaratsiyaga imzo chekdilar.
-
Shavkat Mirziyoyev: Qirg‘iziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qo‘shnimiz va vaqt bilan sinalgan do‘stimizdir
2023-01-27 381Tomonlar oxirgi ikki yilda o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqishga erishgani ta’kidlandi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani esa tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.
Muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston rahbari keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi yetti barobarga ko‘payganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘tgan yilning o‘zida tovar ayirboshlash 30 foizga oshib, 1,3 milliard dollarga yetdi.
-
O‘zbekiston yetakchisini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
2023-01-27 364Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda.
-
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi
2023-01-14 349Sizlarni, sizlar orqali ko‘pmillatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda o‘z hayotini ona yurt himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan siz, azizlarga o‘zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Global Janub ovozi” onlayn-sammitidagi nutqi
2023-01-12 404“Global Janub ovozi” sammitining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlashdan g‘oyat mamnunman.
Hindiston Bosh vaziri, hurmatli Modi janoblariga “Inson manfaatlariga yo‘naltirilgan taraqqiyot” mavzusidagi bugungi muloqotimizni o‘tkazish tashabbusi uchun bildirilgan hamma minnatdorchilik so‘zlariga to‘liq qo‘shilaman.
Ushbu forum Hindistonning “Dunyo – yagona oila” umumbashariy g‘oyasiga sodiq qolayotganidan yaqqol dalolat beradi.
Ishonchim komilki, ushbu tadbirimiz xalqaro miqyosda nufuzi, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyati tobora yuksalib borayotgan Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi muvaffaqiyatli o‘tishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
-
O‘zbekiston Prezidenti rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi
2023-01-12 381O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 yanvar kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘tkazilgan “Global Janub ovozi” sammiti yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Hindistonning “Katta yigirmatalik”ka (G20) raisligi doirasida tashkil etilgan tadbirda Vetnam Respublikasi Prezidenti Nguyen Suan Fuk, Gayana Respublikasi Prezidenti Muhammad Irfon Ali, Mozambik Respublikasi Prezidenti Filipe Nyusi, Senegal Respublikasi Prezidenti Maki Sall, Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri Shayx Xasina, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene, Tailand Qirolligi Bosh vaziri Prayut Chan Ocha, Kambodja Qirolligi Bosh vaziri Xun Sen va Papua - Yangi Gvineya Mustaqil Davlati Bosh vaziri Jeyms Marape qatnashdi.
-
Sanoat rivoji uchun yangi imkoniyatlar
2023-01-10 316Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o‘rin tutadi. Bu sohaga zarur sharoit yaratish maqsadida so‘nggi yillarda 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etildi, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so‘m yo‘naltirildi. Shuningdek, to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektr texnikasi kabi tarmoqlarni “drayver”ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi. Sanoatni xomashyo bilan ta’minlash uchun geologiya-qidiruv ishlari 3 barobar ko‘paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.
-
Ўзбекистон, Қирғизистон ва Қозоғистон энергетика вазирлари Қамбарота-1 гидро электр станцияси қурилишининг лойиҳаси бўйича «йўл харитаси»ни имзоладилар
2023-01-07 333Энергетика вазирлиги маълумотига кўра, томонлар лойиҳани амалга оширишнинг асосий шартлари ва зарурора чор-тадбирларни белгилаб олдилар.
Мазкур ГЭС нафақат Қирғизистон, балки Марказий Осиё мамлакатларининг электр ва сув таъминотида муҳим ўрин тутади.
-
Xorazm milliy taomlari
2023-01-05 334Xorazm milliy taomlari